Maxfiylik siyosati
Nasiya Daftar · kuchga kirgan sana: 2026-yil 15-oktabr
Nasiya Daftar — do'kon va ustaxona egalari uchun qarz (nasiya) hisobini yuritish dasturi. Bu sahifa qanday ma'lumot saqlanishi, nima uchun va uni qanday o'chirish mumkinligini tushuntiradi. Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz.
1. Qanday ma'lumot saqlanadi
| Ma'lumot | Nima uchun |
|---|---|
| Telefon raqamingiz, ismingiz, do'kon nomi va manzili | Akkaunt va kirish |
| Parol | Kirish. Faqat bcrypt xeshi saqlanadi — parolning o'zi hech qayerda saqlanmaydi |
| Siz kiritgan mijozlar (ism, telefon, manzil), qarzlar, to'lovlar, to'lov jadvallari, kassa yozuvlari | Dasturning asosiy vazifasi — hisob yuritish va qurilmalar orasida sinxronlash |
| Amallar jurnali (kim, qachon, nimani o'zgartirdi) | Hisob to'g'riligi va xatolarni tekshirish |
| Telegram chat raqami (agar botga ulasangiz) | Eslatma va kunlik hisobot yuborish |
| Qurilma identifikatori | Sinxronlash qaysi qurilmadan kelganini bilish |
| Shaxsiy bo'lim: olgan qarzlaringiz, rejalar, kitoblar, yutuqlar, tug'ilgan va muhim kunlar | Shu bo'limlar ishlashi va qurilmalar orasida sinxronlash. Faqat do'kon egasi ko'radi |
| Xato hisobotlari (xato matni, ilova versiyasi, platforma) | Ilovadagi nosozliklarni tuzatish |
Profil rasmi, tug'ilgan kun egalarining rasmlari va orqa fon rasmi faqat qurilmangizda saqlanadi va serverga yuborilmaydi.
Mijozlaringiz haqidagi ma'lumotni siz kiritasiz va uning uchun siz javobgarsiz; biz uni faqat sizning hisobingizni yuritish uchun saqlaymiz.
2. Ovoz bilan kiritish
"Ovoz bilan" tugmasi qurilmangizning o'z nutq tanish xizmatidan foydalanadi (Android'da Google, saytda brauzer). Ovoz o'sha xizmatda matnga aylanadi; bizning serverimizga ovoz yozuvi yuborilmaydi va saqlanmaydi — faqat siz tasdiqlagan yozuv (masalan, qarz summasi) saqlanadi. Mikrofon ruxsati faqat tugmani bosganingizda so'raladi.
3. Ma'lumot qayerda va qanday saqlanadi
- Qurilmangizda (internetsiz ishlash uchun) va bizning serverimizda.
- Qurilma va server orasidagi barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi.
- Kirish tokenlari va PIN kod qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlanadi.
- Zaxira nusxa fayli AES-256 bilan, siz bergan parol bilan shifrlanadi.
- Har bir do'kon faqat o'z ma'lumotini ko'radi.
4. Uchinchi tomonlar
Ma'lumot uchinchi tomonga sotilmaydi va berilmaydi. Faqat siz o'zingiz ishlatgan xizmatlar ishtirok etadi: Telegram (agar botga ulansangiz), qurilmangizning nutq tanish xizmati, va SMS/Telegram/WhatsApp — agar mijozga eslatmani shu ilovalar orqali o'zingiz yuborsangiz. Reklama va tahlil (analytics) xizmatlari ishlatilmaydi.
5. Akkauntni va ma'lumotni o'chirish
- Dasturda: Profil → Sozlamalar → Akkauntni o'chirish.
- Saytda: nasiya.buxcore.duckdns.org/account-delete (dastur qo'lingizda bo'lmasa ham).
Do'kon egasi akkauntini o'chirsa, butun do'kon (mijozlar, qarzlar, to'lovlar, kassa, sotuvchilar) o'chiriladi. Sotuvchi o'chirsa — faqat uning akkaunti. Kirish darhol to'xtaydi, ma'lumot barcha qurilmalardan yo'qoladi va 30 kundan keyin serverdan butunlay o'chiriladi. 30 kunlik muddat tasodifan o'chirishdan himoya uchun: shu muddat ichida murojaat qilsangiz, tiklash mumkin.
6. Saqlash muddati
Ma'lumot akkauntingiz faol ekan saqlanadi. Server zaxira nusxalari 14 kun saqlanadi va keyin o'chiriladi.
7. Bolalar
Dastur biznes uchun mo'ljallangan va 18 yoshdan kichiklarga qaratilmagan.
8. Bog'lanish
Savol yoki so'rov bo'lsa: Telegram @qduz_bot yoki sayt nasiya.buxcore.duckdns.org.
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangi sana bilan e'lon qilinadi.
Политика конфиденциальности
Nasiya Daftar — приложение для учёта долгов (продаж в долг) для магазинов и мастерских. Мы не продаём ваши данные, не используем их для рекламы и не передаём третьим лицам.
1. Какие данные хранятся
- Ваш телефон, имя, название и адрес магазина — для аккаунта и входа.
- Пароль — хранится только bcrypt-хеш.
- Внесённые вами клиенты, долги, оплаты, графики платежей и записи кассы — для учёта и синхронизации между устройствами.
- Журнал действий (кто, когда, что изменил).
- ID чата Telegram, если вы подключили бота, — для напоминаний и ежедневной сводки.
- Личный раздел (ваши долги, планы, книги, достижения, дни рождения и важные даты) — видит только владелец магазина.
- Отчёты об ошибках (текст ошибки, версия приложения) — для исправления сбоев.
- Фото профиля, фото именинников и фон хранятся только на устройстве и на сервер не отправляются.
2. Голосовой ввод
Кнопка «Голосом» использует распознавание речи вашего устройства (Google на Android, браузер на сайте). Аудио на наш сервер не отправляется и не хранится — сохраняется только подтверждённая вами запись.
3. Хранение и защита
Данные хранятся на устройстве и на нашем сервере; вся связь шифруется HTTPS; токены и PIN — в защищённом хранилище устройства; резервная копия шифруется AES-256 вашим паролем.
4. Удаление аккаунта и данных
В приложении: Профиль → Настройки → Удалить аккаунт. На сайте: /account-delete. Если удаляет владелец — удаляется весь магазин; если продавец — только его аккаунт. Доступ прекращается сразу, данные исчезают со всех устройств и через 30 дней полностью удаляются с сервера.
5. Контакты
Telegram @qduz_bot, сайт nasiya.buxcore.duckdns.org.